Surxondaryoda aholiga ijtimoiy ta'minot öz vaqtida körsatilmoqdami?

Sönggi vaqtlarda kam ta'minlangan, jismoniy imkoniyati çeklangan, turli sabablarga köra nogiron bölib qolgan yoki tuğma nogironligi bölgan şaxslarga davlat tomonidan e'tibor sezilarli darajada ortib bormoqda. Ularga ğamxörlik körsatiş borasida qonunlar, farmonlar va boşqa normativ huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. Bunday insonlarga maksimal darajada har tomonlama yordam beriş zarur. Ijtimoiy ta'minot masalasi harakatlar strategiyasiga kiritilgani sözimizning yaqqol misoli böladi. Mazkur siyosat joylarda amalga oşirilişida hokimiyat va mahalla fuqarolar yiğinining örni juda muhim. Biroq bu siyosat mahalliy hududlarda töliq amalga oşirilmoqdami? Yordamga muhtoj insonlarga vaqtida ular tomonidan kömaklar berib kelinmoqdami?

Yaqinda «KUN.UZ» tahririyatiga Surxondaryo viloyati Uzun tumanidan murojaat kelib tuşdi. Murojaatni örganiş maqsadida tumandagi «Bahoriston» mahalla fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi Yöldoşev Nazarali akaning xonadoniga bordik.

Youtube'da köriş

Facebook'da köriş

Xonadon vakillari juda noçor ahvolda kun keçiradi. Hovlida ikki xonali uy bor. Uç aka-uka oilasi bilan tor va ta'mirtalab uyda yaşaydi. Undan taşqari xonadonda ikkita nogironligi bölgan odam bor. Nazarali akaning turmuş örtoği oilaviy şaroitini va bölib ötgan voqealarni töliq tuşuntirib berdi.

«Bir neça bor kerakli joylarga murojaat qildik. Tuman hokimligiga ham. Har safar xodimlar keladi-da rasmga tuşirib, yordam beramiz deb va'da berib ketadi. Şu bilan yöq. Umid berib kuttirişdan nima naf? Topgan daromadimiz xarajatlardan ortmaydi. Nafaqalarimiz ham rözğorga ketmoqda. Qiş yaqin, havo soviydi. Uyni ham ta'mirlatişimiz  kerak. Nolimaymiz, 10 qop sement berib ketişdi. Lekin boşqa materiallarga pulimiz bölmaganidan keyin ta'mirni boşlay olmayapmiz.

Yaqinda ham davlat tomonidan moddiy yordam beriladi va kam ta'minlangan oilalarga sigir tarqatiladi deb röyxat tuzişdi. Röyxatda biz ham bor edik. Biroq hali ham sigir berilmadi. Keyin murojaat qildik. Örniga pişiriş peçi berib ketişdi. Sigir berilmas emiş. Unda nega röyxat tuzişdi? Biz tuşunmadik.