«Tolibon» harakati vakillari Moskvada 9 noyabr kuni bölib ötadigan taşqi işlar vazirlari örinbosarlari va maxsus vakillar darajasida Afğoniston böyiça maslahatlaşuvlarning ikkinçi yiğilişida iştirok etadi. Bu haqda Rossiya taşqi işlar vazirligi xabar berdi.

Afğoniston, Hindiston, Eron, Qozoğiston, Qirğiziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston hamda AQŞ qatori Özbekiston ham maslahatlaşuvlarda qatnaşiş uçun taklif etilgan.

Afğonistondan mazkur tadbirga mamlakat Tinçlik oliy kengaşi delegatsiyasini yuboriladi.

Bunday darajadagi xalqaro uçraşuvda ilk bor Dohadagi (Qatar) «Tolibon» harakatining siyosiy idorasi delegatsiyasi ham iştirok etadi.

Ma'lumot uçun, «Tolibon» harakatiga 1994 yilda puştun qabilalari orasida asos solingan. Harakat 1996dan 2011 yilgaça mamlakatning katta hududini nazorat qilgan. 2003 yilda BMT Xavfsizlik kengaşi uni terrorçi taşkilot deb tan olgan.

Bundan avvalroq, 4 sentabr kuni ham Moskvada toliblar va rasmiy Kobulni yaraştiriş istiqbollari muhokama qilingandi.