Dam oliş kunlarida Angliya Premer-ligasida 11-tur uçraşuvlari ötkazildi. Turning markaziy uçraşuvi bölgan «Arsenal» va «Liverpul» töqnaşuvida kuçlar teng keldi. Ikki jamoa ham mağlubiyatsiz seriyasini davom etdi. «Mançester Siti» va «Çelsi» ham bu turda ğalabali seriyalarini davom ettirişdi, bu ikki jamoa ayni vaqtda turnir jadvalida birinçi va ikkinçi örinlarni bölişib turibdi. Quyida «Tribuna» turning asosiy voqealarini keltiradi.

«MYu»dan yana irodali ğalaba

Foto: Premier League

BORNMUT – MANÇeSTeR YuNAYTeD – 1:2
Gollar: Uilson (11) – Marsiyal (35), Reşford (90+2)
«Mançester Yunayted» asta-sekinlik bilan top-6’ga yaqinlaşmoqda. Sönggi tört öyindagi uç ğalaba öz mevasini bermay qolmadi va endi Mourino şogirdlarini 6-örindan faqat töplar nisbati ajratib turibdi. 

Aslida hammasi juda yomon bölişi mumkin edi, zero «Bornmut»ga qarşi öyinni ham «iblislar» juda passiv boşlaşdi. Dastlabki 30 daqiqada mezbonlar gol urişdan taşqari, yana tört marotaba darvozaga aniq zarba bera olişdi, bu pallada «MYu»ning bu körsatkiçi nolga teng edi. Negadir «Yunayted» sönggi paytlarda faqat ikkinçi bölimlarda öz öyinini körsata olyapti xolos – lekin buyuk motivator sifatida nom qozongan Mourino tanaffusda aytayotgan gaplarini öyindan oldin aytişga nima xalaqit beryapti ekan-a?

Marsiyalning birinçi bölimda hisobni tenglaştirişi «Bornmut»dagi kötarinkilikni biroz pasaytirgan bölsa, ikkinçi bölimda ança çarçab qolgan mezbonlarni mağlub etişga faqat vaqt xalaqit berişi mumkin edi. Aytgança, fransiyalik hujumçi sönggi 4 APL öyinida 5 gol urdi va asosiy tarkibda Sançes emas, aynan u öynaşi kerakligini isbotlamoqda. Marsiyal öz faoliyatida ilk bor qatorasiga tört öyinda gol urdi. Ammo bu safar tarkibda Sançesga ham, Marsiyalga ham joy topilgandi – «Bornmut»ga qarşi öyinlarda muntazam gol uradigan Romelu Lukaku maşğulotlardan biridan söng betob bölib qolgandi.

Ğalaba goli esa, öşa vaqt nihoyasiga yetib borayotganda, hakam tomonidan qöşilgan daqiqalarning yarmi ötib bölganida ikkinçi bölimda maydonga tuşirilgan Markus Reşford tomonidan urildi. Mourino jamoasi «Nyukasl», «Çelsi» va mana «Bornmut» bilan öyinda juda qiyin boşlangan öyinni burib, öz foydalariga özgartira olyapti. Ammo öyinni kuçli boşlab, belgilangan vazifani asabbuzarliklarsiz hal qilişga kelganda, hali jamoa oqsamoqda.