Tehron va Eronning boşqa şaharlarida 4 noyabrda AQŞga qarşi ommaviy namoyişlar bölib ötmoqda. Namoyişlarda bir neça ming kişi iştirok etmoqda.

Ta'kidlanişiça, namoyişçilar AQŞga qarşi şiorlarni hayqirib, qöllarida AQŞ prezidenti Donald Tramp mazax qilingan plakatlar kötarib olişgan hamda AQŞ bayroqlari va dollar banknotalarini yoqişmoqda.

Erondagi namoyişlar 1979 yilda islom inqilobi vaqtida AQŞning Tehrondagi elçixonasi bosib olinişining 39 yilligida bölib ötmoqda. Öşa voqeada eronlik radikal talabalar 444 kun davomida 50 dan köproq amerikalik diplomatni garovda uşlab turgan. Öşanda AQŞ Eron bilan diplomatik munosabatlarni uzgan.  

3 noyabrda Eron oliy yetakçisi Oyatulloh Ali Homanaiy tvitterdagi sahifasida 40 yil içida “Vaşingtonning harbiy, iqtisodiy va axboriy adovati” mağlubiyatga uçraganini aytgan.

5 noyabrda AQŞning Eronga qarşi yangi sanksiyalari kuçga kiradi. Sanktsiyalar mamlakatning bank va neft sektorlarini qamrab oladi va Eron iqtisodiyotini batamom falajlaşi mumkin.