29 oktabr kuni xizmat vazifasini ötayotgan paytda, Qöşköpir tumani IIB xodimlari tomonidan Urganç şahrida uşlangan jurnalist ozodlikka çiqarildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Qöşköpir tumani Ma'muriy işlar böyiça sud qaroriga köra 7 sutkaga qamalgan Davlatnazar Rözmetov jazo muddatini ötab, 5 noyabr kuni ozodlikka çiqarilgan. U Hazorasp tumani içki işlar bölimida saqlanayotgan edi.
Xorazmlik jurnalist, «Xorazm yoşlari» gazetasi muharriri örinbosari lavozimida işlab kelayotgan Rözmetov bir hafta oldin Urganç şahrida qölga olinib, sud mahkamasiga olib kelingan. Jurnalistning qamalişiga sabab qilib, Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 183-moddasi nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgani bildirilgandi.
Ayni paytda Rözmetov bilan yuz bergan hodisa böyiça ayrim ma'lumotlar ma'lum qilingan. Kun.uz xorazmlik jurnalist bilan yuz bergan hodisani batafsil örganmoqda.











