AQŞning Massaçusets texnologik universiteti (MIT) neyro- va kognitiv fanlar markazi mutaxassislari xorijiy tillarni örganişni boşlaş uçun eng yaxşi yoşni ma'lum qilişdi.
Olimlar turli millat va yoşdagi 670 ming kişidan yiğilgan axborotni tahlil qiliş uçun kompyuter modelini yaratişdi. Respondentlar sörovnomalarda yoşlari, qança yildan beri ingliz tilini örganişlarini körsatişgan hamda xorijiy tilni özlaştirganlik böyiça testlar bajarişgan.
Natijada xorijiy tilni öşa tilda sözlaşuvçilar kabi mukammal egallaşda eng katta imkoniyatlarga tilni örganişni 10 yoşgaça boşlaganlar egaligi aniqlangan. 18 yoşdan keyin ham tilni tez örganişga layoqat saqlanib qoladi, biroq uni mukammal egallaş ança qiyinroq bölar ekan.

















