Özbekiston 2019 yildan sobiq sovetlar ittifoqidan amalda bölib kelayotgan yana bir keraksiz hujjat yuritiş amaliyotidan voz keçadi. Moliya vaziri örinbosari Dilşod Sultonov jurnalistlar bilan bölib ötgan muloqotda şu haqda ma'lum qildi. Uning sözlariga köra, 2016 yilda boşlangan jarayon kelgusi 2019 yilda davom etiladi.  

“Mehnat daftarçalarini bekor qilamiz. Ittifoq davridan qolib ketgan, heç kimga keraksiz narsa. 2016 yilda bu borada işlarni boşladik, 2019 yilda davom etamiz. Prezident topşiriğiga muvofiq, elektron bazaga ötiladi. Xohlagan fuqaro 5 yildan keyin kelib, pasport raqamini kiritsa, iş stajiga doir ma'lumotlarni oladi”, - deya oydinlik kiritdi Moliya vaziri örinbosari Dilşod Sultonov.

Uning aniqlik kiritişiça, mehnat faoliyatini endi boşlayotganlar uçun mehnat daftarçasi tuşunçasi yot böladi. Ularga nisbatan bu hujjat yuritilmaydi. Buning samarasi, ular 2050-2055 yillarda pensiyaga çiqayotganida bilinadi. Mehnat daftarçasi borlar esa, uni yuritişda davom etişadi. 

“Ilgari bölardi, mehnat daftarçangga staj yozib beraman, degan gaplar. Endi bunaqa narsalarga örin yöq. Kimsiz, qayerda işlagansiz, qança işlagansiz, buning farqi bölmaydi. Pensiyaga çiqayotganda, oylik maoşingiz qonuniy bölgan, soliqlarni vaqtida tölagan bölsangiz, şunga yaraşa nafaqa olasiz. Qolaversa, biror taşkilotda işlayotgani, işlamayotganiga doir ma'lumotnoma ham talab etilmaydi. Bazadan barça axborotni oliş mumkin böladi”, - dedi Sultonov.