Karib dengizida joylaşgan Grenada davlati Kosovoning mustaqilligini tan oliş qaroridan voz keçdi. Bunday qaror Grenada taşqi işlar vazirining Serbiya taşqi işlar vaziri Ivitsa Daçiç bilan uçraşuvidan keyin qabul qilindi.
Darhol şundan keyin Serbiya Grenada bilan döstlik va hamkorlik haqida kelişuvni imzoladi va Grenada taşqi işlar vaziri Piter Devidga Belgradga kelişni taklif qildi.
Grenada Serbiya bilan muzokaralardan keyin Kosovoni tan olişdan voz keçgan 9-davlat böldi. Avvalroq buni Dominika, Surinam, Liberiya, San-Tome va Prinsipi, Gvineya-Bisau, Burundi, Papua-Yangi Gvineya va Lesoto amalga oşirgan.
Biroq şunga qaramay, Kosovo 90 dan köproq davlat bilan diplomatik munosabatlarni qöllab-quvvatlamoqda. Ular orasida Yevropa Ittifoqi davlatlari, AQŞ, Kanada, Avstraliya va Şveytsariya bor.
Kosovoning mustaqilligini Serbiyadan taşqari, Rossiya, Xitoy, Hindiston va Braziliya qat'iyan tan olişdan boş tortgan. YeI davlatlaridan Serbiyaning hududiy yaxlitligini Kipr, Gretsiya, Ruminiya va Ispaniya tan olib kelmoqda.












