La-Trobe Universiteti tomonidan ötkazilgan klinik tadqiqot soğlom parhez doirasida baliq (losos, forel va sardina) iste'moli bolalarda astma kasalligi belgilarini kamaytirişga yordam berişini körsatdi. Tadqiqot natijalari Journal of Human Nutrition and Dietetics'da taqdim etildi.
Xalqaro tadqiqot davomida yoğli baliqqa boy Örta yer dengizi parheziga rioya qilgan astmasi bölgan bolalarda olti oydan keyin funksiya yaxşilangani kuzatilgan. Tadqiqot muallifi Mariya Papamiklning aytişiça, bu ma'lumotlar soğlom parhez bolalardagi astmani salohiyatli davolaş usuli böla olişiga doir işonçni yanada mustahkamlaydi.
"Biz yoğ, qand va tuzga boy ratsion bolalardagi astmani rivojlantirişi mumkinligini bilardik, endi esa soğlom parhez yordamida astma belgilarini yumşatiş mumkinligiga doir dalilimiz bor", - deydi u.
Uning sözlariga köra, yoğli baliq yalliğlanişga qarşi kuraşiş xususiyatiga ega omega-3 yoğ kislotalariga boy. Tadqiqot haftada atigi ikki marta baliq iste'mol qiliş astmadan aziyat çekuvçi bolalarda öpka yalliğlanişini sezilarli darajada pasaytirişi mumkinligini körsatdi.
Astma — yoşlar orasida eng keng tarqalgan nafas yöli kasalliklari hamda bolalarning şoşilinç şifoxonaga yotqizilişi asosiy sabablaridan biri. Bronxial astmaning asosiy belgilari nafas qisişi, huştaksimon xirillaş, yötal va kökrak qafasidagi oğriqlar hisoblanadi.












