Ötgan ön yil mobaynida afrikaliklar orasida smartfondan foydalanuvçilar soni ortdi, biroq ayni paytda Internet narxini pasaytiriş böyiça harakat samarali natija bermayapti. Mobil internet narxi böyiça ikkita xalqaro va mustaqil örganilgan hisobot natijalari şuni körsatadiki, “barça uçun oçiq“ Internet köplab afrikaliklar uçun haligaça erişib bölmas qimmat xizmatlardan biri sifatida qolmoqda.
Affordable Internet Survey (A4AI)ning natijalari şuni körsatdiki, 2017 yil oxirida faqatgina 24 mamlakat BMTning keng polosali aloqa böyiça komissiyasi belgilagan maqsadga erişdi - 1 GB internet uçun tölov örtaça oylik maoşning 2 foizdan oşmasligi zarur. Olingan ma'lumotlarga köra, 60dan ortiq örtaça va kam daromadga ega mamlakatlarda 1 GB internet uçun foydalanuvçilar, örtaça hisobda, örnatilgan örtaça iş haqining 5,5 foizi miqdorida tölovni amalga oşiradi. Biroq, Afrikada bu muammo jiddiy tus olgan bölib, foydalanuvçilar mobil Internet uçun yuqorida körsatilgandan ham köproq tölaşga majbur.
Ecobank hisoboti Afrika mamlakatlarida mobil Internetning yuqori narxi haqida ma'lumot beradi. Ekvatorial Gvineya, Zimbabve va Svazilendda - internetdan foydalaniş eng qimmat uçta davlat - bir gigabaytlik mobil ma'lumotlardan foydalaniş uçun 20 dollar tölanadi. Qit'a böylab örtaça narx 7,04 dollar atrofida bölib, köpçilik mamlakatlarda bu narx BMT komissiyasi tomonidan belgilangan maqsaddan ança yiroq.
Bundan taşqari, Ecobank hisoboti mamlakatdagi uyali aloqa operatorlari soni va mobil Internet uçun mahalliy narxlar örtasidagi boğliqlikni körsatadi - raqobat kuçayişi bilan, narxlar pastlaydi. Misol uçun, faqat ikkita uyali aloqa operatori aholiga xizmat körsatuvçi sakkizta mamlakatda internet uçun örtaça narx 13,03 AQŞ dollarini taşkil etadi, lekin uçta uyali aloqa operatorlari bölgan 13ta mamlakatda narx 9,17 dollarga tuşadi. Kamida törtta uyali aloqa operatori bölgan önta mamlakatda örtaça narx $ 5,25.
Mobil Internetga bölgan yuqori narxlar millionlab odamlarning Internetga kirişiga tösqinlik qilib, “raqamli bölinişlar“ni yaratadi. Oddiy foydalanuvçilardan taşqari, mobil Internetning yuqori narxi butun qit'adagi millionlab kiçik biznes egalari közlagan işlarga katta ta'sir körsatadi. Tadqiqot şuni körsatdiki, Internetdan foydalanadigan kiçik biznes vakillari sönggi paytda ikki barobar tez












