«Atletiko» hujumçisi Antuan Grizmann faoliyatini Germaniya çempionatida davom ettirişi mumkinligini tan oldi.
«Bundesliga – juda jozibali çempionat, bu yerda jamoalar hujumkor öyin namoyiş qilişadi va köplab gol urişadi. Qaçonlardir öz kuçimni bu turnirda sinab körişim mumkin. Ammo, hozirça «Atletiko»da meni hamma narsa qoniqtiradi. Bu loyiha bilan 100% boğlanganman. Biz bir-birimizga rivojlanişda yordam bermoqdamiz. Tarixni yozmoqçimiz» – deb 27 yoşli fransiyalik sözlarini keltirmoqda Goal.
Qayd qiliş joizki, Grizmann faoliyatining barça qismini Ispaniyada ötkazmoqda. U «Real Sosedad» klubida ham öynagan. «Atletiko» bilan imzolagan şartnomasi 2023 yilgaça möljallangan.












