Rossiya va AQŞ prezidentlari Vladimir Putin hamda Donald Trampning töliq formatdagi uçraşuvi fransuzlar yetakçisi Emmanuel Makron tufayli barbod böldi. Bu haqda öz manbasiga asoslangan holda «Kommersant'» xabar bermoqda.
Manbaning sözlariga köra, Makron Parijdagi sammit atrofida boşlangan ajiotaj Birinçi jahon uruşi yakunlanganiga 100 yil tölişi munosabati bilan ötkaziladigan marosimlarni soya ostida qoldirişini istamagan.
Aniqlik kiritilişiça, Makron Moskva va Vaşingtondan siyosatçilarning özaro uçraşuvini Parijda ötkazmaslikni va Yelisey saroyidagilarning marosimlarga körgan tayyorgarliklarini çippakka çiqarmaslikni söragan.
23 oktabr kuni Putin Trampga 11 noyabr kuni Parijda Birinçi jahon uruşi yakunlanganining 100 yilligi munosabati bilan taşkil etiladigan marosim vaqtida uçraşişni taklif qilgandi.
5 noyabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Parijda rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan alohida uçraşuv ötkazişiga işonçi komil emasligini aytdi.
«Biz Parijda uçraşişimizga kafolat yöq, katta ehtimol bilan uçraşuv bölmaydi. Biz G20 sammiti doirasida (Argentinada) uçraşişimiz mumkin. Keyin ham bizda köp uçraşuvlar bölib ötişiga aminman»,— degan janob Tramp.












