Yevropa Çempionlar ligasi guruh bosqiçida 3 va 4-tur uçraşuvlari pley-off bosqiçining özginasi. Jamoalar ikki hafta içida ikki uçraşuv ötkazişadi. Safar öyinida yutqazgan jamoa öz maydonida revanş olişi mumkin böladi. Bu öyinlar köp jihatdan YeÇLning bahorgi öyinlarida qaysi jamoalar qatnaşişini hal qilib beradi. Seşanba oqşomida bizni qanday intrigalar kutmoqda. Quyida şular haqida söz yuritiladi.

Leo Milanda qaytişni amalga oşiradimi?

Foto: David Ramos/Getty Images

B guruhi
«Inter» – «Barselona»
6 noyabr. Milan. «Juzeppe Meatstsa» stadioni. Toşkent vaqti bilan 7 noyabr kuni soat 01.00 (Matç Futbol 1).
Yöqotişlar: Fermalen (jarohat), Messi, Umtiti (ikkisi – söroq ostida)
Hakam: Marçinyak (Polşa)

Lionel Messi 20 oktabr kuni «Sevilya»ga qarşi öyinda öng qölidan jarohat olib, maydonni tark etganida u keyingi 3 hafta mobaynida maydonga tuşa olmasligi aytilgandi. U şundan beri jamoasining 4ta öyinini, jumladan «Real»ga qarşi el-klasiko bahsini hamda, YeÇL 3-turi doirasida «Inter»ga qarşi Barselonada keçgan birinçi öyinni ötkazib yubordi. Bu öyinlarda kataloniyaliklar işonçli tarzda ğalaba qozonişdi - «Inter» 2:0 hisobida, «Real» esa 5:1 hisobida mağlub etildi. Kök-anorranglilar bu 4 öyinda bitta ham oçko yöqotişgani yöq, bu öyinlarni jamoa yetakçisi qöli boğliq holda tribunada ötirib kuzatdi. Argentinalik futbolçi ötgan hafta oxirida maşğulotlarga qaytdi, şu kunlarda uning Milandagi öyinda maydonga tuşiş-tuşmasligi muhokama qilinmoqda. 

Ayni vaqtda tuşunmovçilik paydo bölgan. Xabarlarda Messi murabbiyga bosim ötkazib, özini «Inter»ga qarşi öyin qaydnomasiga kiritişga erişgani haqida aytildi. 5 noyabr kuni esa «Barselona»ning tvitterdagi sahifasida bölajak öyin uçun zayavka e'lon qilindi - unda Messi yöq edi. Messi jamoa bilan Italiyaga yöl olgan, ammo şifokorlar uning öynaşiga ruxsat berişmayapti.

Valverde asosiy tarkibda Messini tuşirmasligi mumkin, ammo u ikkinçi bölimda, voqealar rivojiga qarab, jamoaga yordam berişi kutiladi.

«Tottenhem» – PSV
6 noyabr. London. «Uembli» stadioni. Toşkent vaqti bilan 7 noyabr, soat 01:00 (Matç Arena).