01:49 / 07.11.2018
20483

YeChL. 4-tur ikki sensatsiya bilan boshlandi

Foto: Getty Images

Chempionlar Ligasi 4-turi ikki sensatsiya bilan boshlandi. 

"Liverpul" safarda "Tsrvena Zvezda" mehmoni bo‘lib, kutilmaganda 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

22- hamda 29-daqiqalarda Pavkov kiritgan gollar maydon egalariga g‘alaba keltirdi.

"Monako" esa o‘z uyida "Bryugge"ni qabul qilib, 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Dastlab Vanaken 2ta gol bilan jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Uesli hamda Vormerning gollari yirik hisobdagi g‘alabani ta'minladi. 

Tsrvena Zvezda – Liverpul 2:0

Gollar: 1:0 – 22 Pavkov, 2:0 – 29 Pavkov.
Tsrvena Zvezda – Boryan, Savich, Rodich, Stoykovich (Gobelich, 59), Degenek, Srnich, Yovanchich, Krstichich (Yovichich, 73), Marin (Chaushich, 64), Ben-Nabuan, Pavkov.
Liverpul – Alisson, Matip, Robertson, Aleksander-Arnold (Gomes, 46), van Deyk, Milner, Veynaldum, Lallana (Origi, 79), Mane, Salax, Starridj (Firmino, 46).
Ogohlantirishlar: Marin (5), Lallana (36).

Monako – Bryugge 0:4

Gollar: 0:1 – 12 Vanaken, 0:2 – 17, penalti Vanaken, 0:3 – 24 Uesli, 0:4 – 85 Vormer.
Monako – Benalo, Sidibe, Barreka, Glik (Ture, 76), Jyemerson, Tilemans, Ait-Bennasser (Massango, 68), Silla, Shadli, Diop, Falkao (Guano, 61).
Bryugge – Xorvat, Pulen, Densvil, Mexele, Mata (Vlitink, 77), Nakamba, Rits, Vanaken, Vormer, Diatta (Kols, 6), Uesli (Rezayei, 72).
Ogohlantirish: Barreka (15).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top