Ispaniya AQŞning Eron böyiça ultimatumini qabul qilişdan boş tortadi va Eron yadroviy dasturi böyiça harakatlar rejasini qöllab-quvvatlaşni davom ettiradi. Bu haqda Ispaniya taşqi işlar vaziri Jozep Borrel aytib ötdi.
“Biz, albatta, AQŞ bilan siyosiy va boşqa körinişdagi yaxşi munosabatlardan manfaatdormiz va şubhasiz, u bizning muhim hamkor, biroq Yevropa Ittifoqi va jumladan, Ispaniya öz siyosiy yönalişini olib boradi va Eron bilan yadroviy kelişuvga amal qiliş uçun barça imkoni bor işni qiladi”, deb aytgan Borrel 6 noyabrda Madridda Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan birgalikdagi matbuot anjumanda.
Borrelning aytişiça, Yevropa Ittifoqi va jumladan, Ispaniya AQŞning Eronga nisbatan qarori böyiça keskin fikr bildirgan.
“Yevropa Ittifoqi yadroviy kelişuv doirasida Eron bilan işlaş va investitsiyalar kiritişni davom ettira olişi uçun harakatlar rejasini qöllab-quvvatlaydi”, deb aytgan Borrel.
“Bizda mavjud ma'lumotlarga köra, Eron bu kelişuv böyiça majburiyatlarini bajarmoqda va AQŞ bu kelişuvdan voz keçiş uçun heç qanday asos va sababga ega emas”, deb qöşimça qilgan Ispaniya taşqi işlar vaziri.
“Şu sababli men “sen biz bilan yoki bizga qarşisan” deyişim kerakligi boşqa zamonlarga tegişli. Ispaniya bunday bayonot qabul qilişi kerak emas”, deb ta'kidlab ötgan Borrel.
5 noyabrda AQŞning Eron bilan kelişuvgaça amal qilgan sanksiyalari yana kuçga kirdi. Bu sanksiyalar nafaqat Tehronga, balki eronlik hamkorlar bilan işçi aloqalarni qöllab-quvvatlovçi davlatlar va xorijiy kompaniyalarga ham qarşi qaratilgan.

















