Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar o‘zgasayyoraliklarni topish maqsadida koinotga lazer yo‘naltirishmoqchi
AQShning Massachusets texnologik instituti olimlari olis koinotga yo‘naltirilishi rejalashtirilayotgan ulkan lazer loyihasini taqdim qilishdi. Olimlarning aytishicha, bunday yondashuv o‘zgasayyoraliklar bilan tezroq uchrashishga imkon beradi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda. Fiziklarning ta'kidlashicha, lazer qurilmasining quvvati lazer nurini 20 ming yorug‘lik yiliga teng masofagacha yo‘naltirish imkonini beradi. Lazer nuri o‘zgasayyoraliklar mavjud bo‘lsa, ular uchun o‘ziga xos mayoq vazifasini bajaradi.
Quvvati 1-2 megavattni tashkil qiladigan lazer majmuasi sayyoramizni 30 metrlik teleskop orqali “yoritib turadi”. Olimlarning ta'kidlashicha, bunday texnologiya yordamida ko‘plab ekzosayyoralar shakllangan, Quyoshga eng yaqin yulduz – Proksima Tsentavrada mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan ongli jonzotlar bilan aloqani o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Olimlar lazer yordamida “bog‘lanmoqchi” bo‘layotgan nuqtalardan keyingisi Quyoshdan 39,5 yorug‘lik yili uzoqligida bo‘lgan TRAPPIST-1 yulduzi bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:59 / 13.05.2026
O‘zbekistonning ilk kosmonavti 2028 yilda koinotga uchiriladi
10:38 / 21.04.2026
Noqonuniy lazerli qurilmalar uchun jarima va musodara belgilandi
22:12 / 05.04.2026
«Artemida-2» missiyasi ekipaji Oyga sayohatdan ilk suratlarni namoyish etdi
01:18 / 22.12.2025