Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun viza to‘lovini bekor qildi
Tailand Vazirlar Mahkamasi bir qator davlatlar, xususan O‘zbekiston fuqarolari uchun 2018 yil 1 dekabrdan 2019 yil 31 yanvarigacha bo‘lgan muddatga viza to‘lovini bekor qilishga rozilik berdi. Bu haqda Bangkok Post nashri xabar bergan.
Hukumat Tailandga 15 kun muddatga tashrif buyuruvchi jami 21 ta davlat fuqarolari uchun 2000 bat (60 dollar)lik viza yig‘imini ikki oyga to‘xtatib turadi. 1 dekabrdan e'tiboran Andorra, Butan, Bolgariya, Xitoy, Kipr, Efiopiya, Fiji, Hindiston, Qozog‘iston, Latviya, Litva, Maldiv, Malta, Mavritaniya, Papua – Yangi Gvineya, Ruminiya, San-Marino, Saudiya Arabistoni, Tayvan, Ukraina va O‘zbekiston pasportiga ega shaxslar viza to‘lovisiz qirollik hududiga kirishi mumkin.
Tailand Immagratsiya byurosi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatga viza orqali kirib keluvchi sayyohlar soni 2016 yil yanvaridan buyon kamayishda davom etmoqda. Ushbu tashabbus turistlar oqimini 30 foizga oshirishga yordam berishi kutilmoqda.
Ta'kidlanishicha, kirish ruxsatnomasi uchun undiriladigan haqning bekor qilinishi mamlakatga xitoylik turistlarni qaytarish chorasi vazifasini ham bajaradi. 47 kishi qurbon bo‘lgan Pxuketdagi kema halokatidan so‘ng Tailandga dunyoda eng ko‘p aholiga ega davlat fuqarolarining kirishi kamayib ketgan edi.
Ba'zi taxminlarga ko‘ra, qirollikning ushbu tashabbusi natijasida yil oxiriga qadar Tailandga tashrif buyuruvchi xorijliklar soni kutilganidan 2 millionga ortib, 40 million kishiga yetishi mumkin.
Mavzuga oid
18:48 / 05.11.2024
Green Card uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish 2 kunga uzaytirildi
22:25 / 04.10.2024
Mo‘g‘uliston vizalarni elektron shaklda berishni boshladi
23:19 / 01.10.2024
Tailandda 40 ga yaqin o‘quvchi va o‘qituvchilarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda
21:12 / 29.09.2024