Toshkentda demokratik yangilanishda ayollarning roliga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston poytaxtining «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida «Mamlakatning demokratik yangilanishi hamda modernizatsiyasida ayollarning roli: O‘zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot» mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan konferensiya ishida dunyoning 30ga yaqin davlatidan xalqaro ayollar institutlari vakillari, siyosat, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faol bo‘lgan ayollar ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda KUN.UZ muxbiri.
Konferentsiya ishi uchta plenar yig‘ilishdan iborat bo‘lib, ularda gender tenglik, ayolning davlat boshqaruvidagi roli va imkoniyatlari, ayollar bandligi va tadbirkorligi, ayollarni ijtimoiy himoyasi masalalari muhokama etiladi. Xalqaro miqyosdagi mazkur konferensiyani o‘tkazishdan asosiy maqsad xalqaro hamjamiyatni O‘zbekiston ayollarining jamiyat va davlat boshqaruvidagi davlat siyosatining istiqbolli yo‘nalishlari bilan tanishtirish, ayollarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy yo‘nalishdagi roli borasida xalqaro tajribani o‘rganishdan hamda kelgusida hayotga tatbiq etishdan iborat.
Tadbir doirasida kelgusida ayollarning davlat boshqaruvidagi faol ishtirokini ta'minlash uchun uzoq va qisqa muddatli loyihalarni o‘z ichiga olgan xalqaro maydon tashkil qilish ko‘zda tutilgan.
Qanday masalalar hal etiladi?
- Davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning roli va ahamiyati;
- ayollarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarida hamkorlik o‘rnatish;
- ayollarning mavjud salohiyatini hayotga tatbiq etish shakllari va imkoniyatlari;
- Xotin-qizlarni ularning ishtiroki bo‘lmagan yoxud kam bo‘lgan sohalarga jalb qilish strategiyasini ishlab chiqish, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, shuningdek gender tadqiqot natijalari to‘g‘risida ma'lumot almashish;
- Imkoniyati cheklangan xotin-qizlar uchun ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, badiiy, ilmiy, texnikaviy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida tajriba o‘rganish;
- Qo‘mitaning ayollar masalasidagi xalqaro aloqalarini kengaytirishga doir masalalar muhokama etiladi.
Mazkur tadbir Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Tashqi ishlar vazirligi, NIMFOGO, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, O‘zEOAVMA hamda NANNOUz hamkorligida tashkil etildi. BMTning O‘zbekistondagi taraqqiyot dasturi, F.Ebert (GFR) jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, YeXHT loyihalari Koordinatori, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, YuNFPA konferensiyaning xalqaro hamkorlari bo‘ldi.
8 noyabr kuni xorijiy mehmonlar uchun Samarqand shahridagi tarixiy obidalar bo‘ylab sayohat uyushtiriladi.
Mavzuga oid
15:42 / 30.10.2024
Ma’lumotlar “kaft ustida” bo‘lsa, to‘g‘ri qaror chiqarish ehtimoli ortadi – Toshkentda ma’lumotlarni boshqarish mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi
12:29 / 03.10.2024
“Resurslar tugaydi, g‘oyalar esa yo‘q” – kreativ iqtisodiyot konferensiyasi davom etmoqda
17:34 / 04.09.2024
O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto
10:27 / 24.05.2024