Özbekiston Janubiy Koreya biznesi respublikada tobora köproq sohada faol bölişidan manfaatdordir. Özbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlaar instituti direktori Vladimir Norov Seulda taşkil etilgan «Koreya-Osiyo 2018» xalqaro anjumanida şunday fikrlar bildirgan. 

«Özbekiston juğrofiy ustunlikka egaligi sababli Janubiy Koreya biznesining Afğoniston va sobiq ittifoq, Yaqin Şarq, Janubiy va Markaziy Osiyoning boşqa bozorlariga çiqişda öziga xos markaz bölişga tayyor va bundan manfaatdor», – degan Norov.

U Özbekiston tomonidan olib borilayotgan mintaqaviy siyosat Markaziy Osiyoning barça hududida Janubiy Koreyaning iştirokini kengaytirişga qulay muhit barpo etadi. 

SMTI direktorining ma'lum qilişiça, J.Koreya Özbekistonning yetakçi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlaridan biridir. Ikki davlat örtasiddagi yillik tovar aylanmasi 1 mlrd AQŞ dollaridan oşadi, jalb qilingan sarmoyalar hajmi 7 mlrd dollardir. J.Koreyaning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan jami tovar aylanmasida Özbekiston uluşi qariyb 50 foizni taşkil etadi. 

«Bugungi kunda Özbekiston va J.Koreya örtasida iqtisodiyotning turli sohalarida qator strategik muhim loyihalar muvaffaqiyatli yakunlandi va davom ettirilmoqda. Bu avtomobilsozlik, transport infrastrukturasi, neft-gaz sohasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, toğ-kon sanoati va boşqalardir», – deya qöşimça qilgan Vladimir Norov.