Light | 08:20 / 08.11.2018
53517
2 daqiqa o‘qiladi

Organizm uchun eng foydali mahsulotlar ma'lum qilindi 

Foto: Pexels

Britaniyalik parhezshunoslar iste'mol qilinishi insonni nafaqat baxtiyorroq qiladigan, balki ko‘plab, jumladan surunkali kasalliklardan forig‘ bo‘lishga imkon beradigan mahsulotlar ro‘yxatini tuzishdi. 

Eng foydali mahsulotlar ro‘yxatida 1-o‘rinni selderey (kashnichsimon ko‘kat) va yong‘oq egallagan. Ta'kidlanishicha, selderey tarkibida organizmga deyarli antidepressantlar kabi ta'sir qiluvchi apigenin moddasi bor. Ushbu modda stress va xavotir hissini bostirishi, uzoq davom etuvchi tinchlantiruvchi ta'sir ko‘rsatishi aytiladi. Yong‘oq esa miyaning normal ishlashi uchun oqsil va yog‘larga ega.

Bundan tashqari, ushbu ro‘yxatga miso-sho‘rvalar (yapon taomi), quritilgan mango, avokado, tuxumlar, keshyu yong‘oqlari, javdar unidan tayyorlangan krekerlar, dimlab pishirilgan go‘sht, karri sousi, shokolad va salat barglari kiritilgan. Parhezshunoslarning ta'kidlashicha, taqsimlangan diyetaga amal qilinganda, ya'ni har kuni ma'lum mahsulotlar iste'mol qilinganda organizm o‘zini tozalash va o‘zini muvozanatlash imkoniyatini tiklaydi, qon suyuladi, miyada qon aylanishi yaxshilanadi, organizmda moddalar almashinuvi muvozanatlashgan darajaga keladi. 

Mavzuga oid