Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizmlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizmlar ro‘yxati tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2013 yil 18 dekabrdagi 9/7-son “Respublikada karantindagi zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.
O‘zbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan
zararli organizmlar
R O‘ Y X A T I
I. ZARARKUNANDALAR
Aceria sheldoni (Ewing) | - | Tsitrus kurtak kanasi | |
Acrobasis pyrivorella Mats. | - | Nok parvonasi | |
Agrilus mali Mats. | - | Olma tilla qo‘ng‘izi | |














