Ostona şahrida Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotiga (KXŞT) a'zo davlatlar sammiti bölib ötmoqda. Sammitda Armanistonda konstitutsion tuzumni ağdarişda ayblanayotgan Yuriy Xaçaturov örniga taşkilotning yangi boş kotibini saylaş masalasi ham körib çiqiladi.
Sammitda Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Belorussiya prezidentlari va Armaniston boş vaziri vazifasini bajaruvçisi iştirok etadi.
Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakovning bildirişiça, KXŞT yetakçilari tor doirada taşkilotning yangi boş kotibini saylaş masalasini muhokama qilişadi.
Ilgari KXŞT boş kotibi lavozimini egallab turgan Yuriy Xaçaturov vazifasidan ozod qilingan, uning vazifasini boş kotib örinbosari Valeriy Semerikov vaqtinça bajarib turibdi. Xaçaturovga nisbatan Armanistonda konstitutsion tuzumni ağdariş ayblovi böyiça iş oçilgan.
Xaçaturov garov evaziga ozodlikka çiqarilgan. Armaniston KXŞTga a'zo davlatlarga taşkilot boş kotibini almaştirişni taklif qilgan.












