Özbekistonlik professional boksçi Şohjahon Ergaşev 10 noyabr kuni özining navbatdagi jangini ötkazadi. Unga navbatdagi jangda amerikalik Zak Remsi raqiblik qiladi.
Ma'lumot uçun, Zak şu kungaça professional ringda 12ta jang ötkazib, ularning 8tasida ğalaba qozongan (4tasi nokaut evaziga). 4ta jangda mağlub bölgan (2ta nokaut).
Şohjahon Ergaşev esa professional boksdagi faoliyati davomida 14ta jang ötkazib, ularning barçasini öz foydasiga hal qilgan. 13ta jangda muddatidan oldin ğalaba qozona olgan.
U oxirgi jangini 19 avgust kuni Moskvada ötkazgan, WBA International kamarini himoya qiliş jangida ugandalik Juma Vasvani nokautga uçratgandi.












