Tesla kompaniyasi asosçisi Ilon Mask örniga direktorlar kengaşining yangi rahbari böladigan nomzod aniqlandi. Bu haqda Tesla saytida ma'lum qilindi. Uşbu lavozimni şu paytga qadar direktorlar kengaşiga mustaqil direktor sifatida kiritilgan Robin Denxolm egallaydi.

Foto: Tesla
Ayni vaqtda Denxolm yana bir kompaniyada ham rahbar – u Avstraliyaning Telstra mobil operatorining moliya direktori va strategiya bölimi boşliği hisoblanadi.
«Robin bizning jamoaga qöşilgani uçun unga minnatdorçilik bildirmoqçiman. Unga çuqur hurmatimni bildiraman. Hamkorlikda işlaşimizga umid qilaman», — deb yozdi Tesla asosçisi Twitter sahifasida.
Mask AQŞ qimmatbaho qoğozlar va birja böyiça komissiyasi bilan kelişuvga muvofiq Tesla kompaniyasidagi ikkita rahbarlik lavozimidan birini tark etişi lozim. U hozirda kompaniyaning boş direktori ham hisoblanadi.












