Ötgan dam oliş kunlari Norvegiyaning Bergen şahrida pişloq pişiruvçilarning nufuzli xalqaro tanlovi World Cheese Awards bölib ötdi. Tanlovda butun dunyodan deyarli 3500 turdagi pişloq taqdim qilindi.

Tanlovning boş mukofoti mahalliy norveg pişloği Fanaustga nasib qildi. Bu pişloq Bergen yaqinidagi Ustegorden fermasida tayyorlanadi. 2-örin ham norveg pişloği – Xelfeyt turidagi pişloqqa berildi. Bu pişloq eçki sutidan tayyorlanadi.  

Tanlovda hammasi bölib 41 ta davlatdan 3472 turdagi pişloq taqdim qilindi. Italiya, Şveytsariya, Fransiya, Germaniya kabi pişloq işlab çiqarişdagi yetakçi davlatlar tanlovga katta turdagi pişloqlar olib keldi. Biroq tanlovda norveg pişloqlarining rekord darajada taqdim qilingani haqiqiy syurpriz bölgan: Norvegiya şarafini 175 turdagi pişloq himoya qilgan.

Tanlov hakamlar hay'ati tarkibiga professional hakamlardan taşqari, pişloqni xuş köruvçi boşqa insonlar – blogerlar, jurnalistlar, muzeylar vakillari va gastronomiya bilan boğliq bölmagan boşqa odamlar kirdi. Joriy yilda hakamlar hay'atida 50 nafar norvegiyalik va 29 ta davlatdan yana 180 hakam işladi. Ular pişloqlarning taşqi körinişi, sirti sifati, asosiy körsatkiçlari (namliligi, yoğliligi, rang, quyuq-suyuqligi) va eng asosiysi, ta'miga baho berişgan.