Rossiyaning Sibir federal universiteti va Rossiyaning Fanlar akademiyasi Sibir bölimi biofizika instituti olimlari Sibirning Arktika qismida yaşovçi boganid goletsi turidagi baliqda omega-3 yarimtöyinmagan yoğ kislotalarining rekord miqdorda borligini aniqlaşdi.
Baliq va dengiz mahsulotlari inson uçun omega-3 oilasiga kiruvçi eykozapentayen va dokozageksayen yoğ kislotalarining asosiy manbai hisoblanadi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti yurak-tomir kasalliklari rivojlanişi xavfini kamaytiriş uçun bu moddalardan har kuni kamida bir grammdan iste'mol qilişni tavsiya qiladi. Bundan taşqari, bu kislotalar miya faoliyatini yaxşilaydi, xotirani normallaştiradi, ta'lim oliş qobiliyatini oşiradi.
Ta'kidlanişiça, uşbu baliqda omega-3 kislotalari bir grammga 33 milligrammni taşkil qilişi aniqlangan, bu esa uni salomatligi borasida qayğuruvçi barça insonlar uçun foydalilik böyiça mutlaq rekordçiga aylantiradi.
Ta'kidlanişiça, bu baliqdan kuniga 30 gramm iste'mol qiliş foydali yoğ kislotalarining kunlik me'yorini qoplaydi.












