Yevropa ligasi. «Chelsi», «Arsenal» va yana 5 klub pley-off yo‘llanmasini hal qildi
|12:52 / 09.11.201811 6306 min
Foto: Chelsea FCFoto: Chelsea FC
8 noyabr oqshomida ko‘hna qita stadionlarida Yevropa ligasining 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa g‘olibligi uchun asosiy da'vogarlar bu turda pley-off masalasini hal qilib oldi. Jumladan, «Chelsi» BATE mehmoni bo‘lib, o‘yinda yaqqol ustunlikni qo‘lga kiritdi va zafarli yurishini davom ettirdi. «Ko‘klar» ikkinchi bo‘lim boshida Olive Jiru tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozonishdi. Endilikda Mauritsio Sarri shogirdlari guruh bosqichidagi keyingi ikki o‘yinda bosimsiz, xotirjamlik bilan o‘tkazishi mumkin.
Londonning boshqa bir jamoasi «Arsenal» uchun Portugaliya klublari hamon noqulay raqibligicha qolmoqda. O‘tgan turda o‘z tarixida ilk marotaba portugallarni safarda mag‘lub etgan «to‘pchilar» «Emireyts Stedium»dagi javob uchrashuvida golsiz durangga imzo chekishdi. Shunga qaramay, Unai Emeri jamoasi guruhdan chiqish masalasini hal qilib oldi.
Ushbu turda, shuningdek, «Milan» safarda «Betis» bilan qiyin durangga erishdi – 1:1. «Rossoneri» o‘tgan turda o‘z maydonida ushbu raqibga imkoniyatni boy bergan edi (1:2). Natijada guruhdagi vaziyat hamon chigalligicha qolmoqda. Kecha Italiyaning yana bir vakili «Latsio» «Marsel»ni qabul qilib, muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va «Ayntraxt» bilan birgalikda pley-offga yo‘l oladigan bo‘ldi.
4-tur yakunlariga ko‘ra, 7 ta jamoa – Angliyaning «Chelsi» va «Arsenal», shuningdek, «Bayyer», «Ayntraxt», «Latsio», «Dinamo Zagreb» va «Tsyurix» klublari keyingi bosqichga chiqish vazifasini muddatidan oldin bajarib bo‘ldi.
Yevropa ligasi, 4-tur
8 noyabr A guruhi
Bayyer Germaniya – Tsyurix Shveytsariya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 60 Yedvay.
Ludogorets Bolgariya – AYeK Larnaka Kipr 0:0 (0:0, 0:0)
B guruhi
Rusenborg Norvegiya – Red Bull Avstriya 2:5 (0:4, 2:1)
Gollar: 0:1 – 5 Minamino, 0:2 – 19 Minamino, 0:3 – 37 Gulbrandsen, 0:4 – 45 Minamino, 1:4 – 52 Adegbenro, 1:5 – 57, avtogol Xovland, 2:5 – 61 Yyensen.