7-8 noyabr kunlari Ostona şahrida “Jurnalistika kelajagi“ mavzusida yigirmançi YeXHT Markaziy Osiyo konferensiyasi bölib ötdi. 

Konferentsiya kun tartibidan raqamli ma'lumotlar davrida axborot sifati va jurnalistika kelajagi, dezinformatsiya va unga qarşi kuraş yöllari, foydalanuvçilar kontentining öziga xos jihatlari va ommalaştiriş xatarlari, faktçeking va mediasavodxonlik feyklarga qarşi universal qurol sifatida, şuningdek, yolğon ma'lumotlar keng tarqalayotgan zamonda sifatli jurnalistika standartlari kabi mavzular örin olgan. 

Sözga çiqqanlar tobora ortib borayotgan raqamlaştiriş munosabati bilan muştarak mavzular bölişi muhimligini qayd etdi. Ta'kidlanganidek, internet barçaning sönggi ma'lumotlardan xabardor bölişi uçun ulkan qulayliklar taqdim etib qolmay, uning auditoriyasi uçun ham axborot yaratiş va tarqatiş imkonini bermoqda. Biroq, yangi axborot ekotizimida yolğon xabarlar köpayayotgani jiddiy xatarga aylanib, faktlar bilan işlaşda jurnalistikaning professionallik darajasi masalasining dolzarb ahamiyatini keltirib çiqardi va faktlarni tekşiriş könikmasini takomillaştirişni taqozo etmoqda. 

Salford universiteti xalqaro jurnalistika böyiça magistrlik dasturi rahbari Marek Bekerman (Buyuk Britaniya) yolğon xabarlar manipulyatsiya quroliga aylanib borayotgani va ularga qarşi kuraş uçun feyklarga qarşi öziga xos samarali “dori“ hisoblangan faktçeking ustida işlaş kerak, deb hisoblaydi. Fikrini davom ettirar ekan, u yolğon xabar tarqatişga qarşi universal vosita mavjud emasligi, har bir tuzilma öz çora-tadbirlarini amalga oşirayotgani va jurnalistika sifatini oşiriş yölida mehnat qiliş lozimligini ta'kidlab ötdi. 

– Yolğon xabarlar fenomeni – bu aysberg yuqorisi bölib, uning pastki qismida boşqa muammolar ham yaşiringan. “Feyk” sözi – nafaqat professionallik masalasi, u allaqaçon siyosiy tus olgan, şu munosabat bilan Buyuk Britaniya hukumati rasmiy hujjatlarda “yolğon xabarlar“ degan tuşunçadan foydalanişni taqiqladi, – dedi Marek Bekerman. 

Ijtimoiy tarmoqlar feyklarni tarqatiş kanallaridan biri hisoblanadi. Social medianing tobora ortib borayotgan roli va ta'siri haqida sözlar ekan, ma'ruzaçilar jurnalistlarning ijtimoiy tarmoqlarda işlaş tamoyillarini qayd etdi. Birinçidan, bu ijtimoiy mediadan akkaunt egalari öz fikrlarini bildiriş manbai sifatida foydalanadi. Ikkinçidan, u naşrlarda foydalaniş uçun jamoatçilik fikrini örganiş uçun maydonçadir. Uçinçidan, bu jurnalist tekşiruvi ötkazişda muhokamalar va axborot tizgini monitoringi uçun quroldir.