AQShning Kaliforniya shtatida yuz berayotgan o‘rmon yong‘inlari Paradays shahrini yo‘q qildi, minglab uylarning kuli ko‘kka sovurildi, bir necha kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Sacramento Bee nashri xabar berdi.

 AP Photo / Noah Berger

Yong‘in 8 noyabr ertalab boshlangan va ayni vaqtga kelib 8 ming gektar maydonni qamrab olgan.  

“Butun shahar olov ichida qolgan. Bu juda dahshatlidir”, deb aytgan Paradays shahri kengashi a'zosi Skott Lotter.

AP Photo/Noah Berger

Avvalroq shahar aholisi – 27 ming kishi to‘liq evakuatsiya qilingani ma'lum qilingandi. Byutt okrugi sherifi ma'lumotlariga ko‘ra, hududdan hammasi bo‘lib 50 ming kishi evakuatsiya qilingan.

AP Photo/Noah Berger

Shtat gubernatori Gevin Nyusom favqulodda vaziyat e'lon qilgan. Yong‘in kuchli shamol va quruq havo sababli tez yoyilmoqda. Uni o‘chirish bilan 500 kishi shug‘ullanmoqda.

Joriy yil iyulida ham Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari yuz berishi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgandi.

Foto: AP
Foto: AP
Foto: Steve Schoonover /Enterprise-Record