Litvaning Palanga şahridagi Atostogų parkas soğlomlaştiriş markazida tölaligiça qahrabodan qurilgan hammom oçildi, deb yozadi Delfi. Naşrning ma'lumot berişiça, maydoni 22 kvadrat metrli xonani bezatiş uçun uç tonna qimmatbaho toş işlatilgan.
Xabar qilinişiça, bu hammom nafaqat hayrat uyğotadi, balki salomatlik uçun juda foydali hamdir. Ma'lum bir haroratgaça qizdirilgan qahrabo moddalar almaşinuvini yaxşilaşga yordam beradigan qahrabo kislotasini ajratib çiqaradi. Bundan taşqari, uşbu xonada hammom qabul qiliş asablarni tinçlantiradi va stressni yöqotadi.
Hammom içida 45–48 darajadagi harorat saqlanadi. Mutaxassislar xonada yarim soatdan ortiq bölmaslikni tavsiya etişmoqda.

Xabar qilinişiça, hammomga tuşiş narxi 3 yevro atrofida. Ammo qahrabo xonaga kiriş uçun avval majmuaga 14 yevro tölab kiriş lozim böladi.












