Ostona şahrida Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti kengaşining sessiyasi bölib ötmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.kz. Unda  Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov,Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Armaniston boş vaziri vazifasini bajaruvçi va KXŞT boş kotibi vazifasini bajaruvçi Valeriy Semerikov iştirok etmoqda.  

KXŞT saytida berilgan ma'lumotlarga köra, kengaş iştirokçilari taşkilot faoliyati hamda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, taşqi siyosiy faoliyat bilan boğliq masalalarni muhokama qilişadi.

Xabar qilinişiça, qator masalalar davlatlar rahbarlarining tor doiradagi muzokaralarida muhokama qilinadi. Ayrim masalalar esa taşqi işlar va mudofaa vazirlari, xavfsizlik kengaşlari kotiblari hamda taşkilot boş kotibi vazifasini bajaruvçi iştirokidagi plenar yiğilişda körib çiqiladi.

Avvalroq, Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy UşakovKXŞT yetakçilari tor doirada taşkilotning yangi boş kotibini saylaş masalasini muhokama qilişlarini bildirgandi.

Şuningdek, Rossiya davlat dumasi spikeri Vyaçeslav Volodin Özbekiston Oliy Majlisi senati raisi Niğmatillo Yöldoşevga Özbekiston KXŞT parlament assambleyasi yiğilişlarida kuzatuvçi davlat sifatida qatnaşişi mumkinligi haqidagi taklif bilan çiqqani xabar qilingandi.