Surxondaryo viloyati hokimligida kengaytirilgan yiğiliş ötkazildi. Viloyat matbuot xizmati xabar berişiça, Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov, Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Bahodir Pölatov iştirokidagi yiğilişda taşkiliy masala körilgan.
Surxondaryo viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Uluğbek Abdumutaloviç Oxunov boşqa işga ötişi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
2018 yilning 30 mayigaça «Özagrokimyohimoya» boşqaruvi raisi bölib işlagan, iyun-iyul oylarida Boş prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minlanişi ustidan nazorat qiliş inspeksiyasida boşqarma boşliği vazifasida faoliyat körsatgan Uluğbek Oxunov 2018 yilning 27 iyulida tuman hokimligiga tuşirilgan Olim Muhammadiyev örniga viloyat hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari bölgandi.
Endilikda Rahmatulla Boboxonoviç Gapparov Surxondaryo viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari bölgan. U şu kungaça viloyat qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliği vazifasida işlab kelayotgandi.













