O‘zbekiston | 18:20 / 09.11.2018
10208
1 daqiqa o‘qiladi

8 dekabrdan Toshkent-Qozon yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdi qatnay boshlaydi

315/316-sonli Toshkent – Yekaterinburg yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezd joriy yilning 8 dekabridan boshlab Rossiyaning Qozon shahrigacha qatnovni amalga oshiradi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati xabar bermoqda.

Poyezd belgilangan jadvalga ko‘ra, haftaning shanba kunlarida Toshkent Markaziy vokzalidan yo‘lga chiqib, seshanba kuni Qozon shahriga yetib boradi. Shu kunning o‘zida yo‘lovchi poyezdi Qozon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanadi. 

Qo‘shimcha ma'lumotlarni joylardagi temir yo‘l kassalari hamda temir yo‘l ma'lumotxonalaridan bilib olish mumkin.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid