Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyalik polkovnikning qanday qilib josusga aylangani haqidagi tafsilotlar ma'lum qilindi
Foto: 123RF
Rossiya foydasiga josuslikda gumon qilinayotgan avstriyalik iste'fodagi polkovnik josuslikka Eronda yollangan. Bu haqda Kronen Zeitung gazetasi xabar berdi.
Gazetaning yozishicha, uning Moskva bilan ilk muloqoti 1988 yilda yuz bergan va u o‘shanda Rossiya uchun ishlashga yollangan. U 20 yil davomida Rossiyaga ma'lumotlar yetkazib turgan va 300 ming yevro haq olgan. Qayd etilishicha, Rossiyani asosan Eurofighter Typhoon qiruvchi samolyotlari haqidagi ma'lumotlar qiziqtirgan.
Xabarda aytilishicha, josusni fosh qilishda Avstriyaga «do‘st» xorij maxsus xizmati yordam bergan. Der Standard gazetasi Venaga bu haqda Germaniya razvedka xizmati ma'lum qilganini yozmoqda.
Avstriyada Rossiya uchun josuslik qilishda gumonlanib ushbu mamlakat qurolli kuchlari polkovnigi qo‘lga olingani haqida 9 noyabr kuni ma'lum bo‘ldi. Avstriya kansleri Sebastyan Kurts Moskvani bu borada javob berishga chaqirdi, mamlakat tashqi ishlar vaziri Karin Knaysl esa Rossiyaga bo‘lajak tashrifini bekor qildi.
Rossiya TIV Vena «mikrofonli, megafonli» diplomatiya o‘rniga shubha-gumonlarini to‘g‘ri Moskvaga ma'lum qilishi kerakligini bildirdi.
Mavzuga oid
12:23 / 02.05.2026
Avstriya afg‘on muhojirlarini O‘zbekiston orqali deportatsiya qilishni rejalashtiryapti
22:08 / 19.04.2026
Avstriyada bolalar ozuqasi tarkibida margimush borligi aniqlandi
13:52 / 13.03.2026
Vengriya Kiyevga inkassator mashinalarini pullarsiz qaytaradi
14:47 / 07.03.2026