Dahşatli Mangkhut töfoni Syangan oroli uzra öz hukmini ötkazganiga ikki oy bölganiga qaramay, daraxtlar va ularning şox-şabbasi Hong Kong köçalarida qalaşib yotibdi. Mangkhut töfoni şahar taraqqiyot rekordlarini örnatişni boşlagandan beri kuzatilgan eng kuçli tabiiy ofat böldi. Albatta, ofat inson umriga zomin bölmagan bölsa-da, ayrim hisob-kitoblarga qaraganda, 1 mlrd dollar miqdorida iqtisodiy talofat yetkazgan. 

Foto: CNN

Biroq eng katta talofat şahar körkiga körk qöşib turgan nabotot olamiga yetgan. Hong Kong ma'muriyatiga köra, töfon vaqtida 54 ming daraxt butunlay yaroqsiz ahvolga kelib qolgan. Ammo, ekspertlarning fikriça, bu raqam ikki baravar köpdir. 

Hong Kong Ta'lim universiteti professori Jim Chi-yung fikriça, şaharda 100 mingdan ortiq daraxt tabiiy ofat oqibatida qulagan. Unga köra, «şahardagi yirik daraxtlarning yarmidan köpi yöqotilgan». Axir, Hong Kong özining çangalzorlarini saqlab qolgan zamonaviy şaharligi bilan maşhur edi. Ma'lumki, Orolning atigi 25 foizi özlaştirilgan, xolos. 

Foto: CNN

Hong Kong ma'muriyati yiqilgan daraxtlarni sobiq Kai Tak aeroporti hududida töplamoqda. Bugungi kungaça 8000 yuk maşinasida daraxtlar keltirilgan. Ularning qayta işlaşga yaroqli qismi ajratib olinadi. 

Endilikda, Hong Kong şahrini rivojlantiriş byurosiga yiqilgan daraxtlar örniga yangilarini ekiş böyiça vazifa yuklatildi. Qayd etilişiça, yangi ekiladigan daraxtlar navlari va turi hududning öziga xosligidan kelib çiqqan holda tanlanadi. Bu esa, turli joylarda turliça daraxtlarni uçratiş imkoni beradi.