Noyabr oyining birinçi kuni KUN.UZ saytida Farğona viloyati, Oltiariq tumanidagi markaziy futbol stadioni tuman hokimi qaroriga asosan buzilayotgani haqida maqola e'lon qilingan edi.

Tahririyat ijodiy guruhi tomonidan tayyorlangan maqola va videolavhada 1966 yilda xalq tomonidan haşar yöli bilan qurilib, 2013 yili Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi mablağiga qayta qurilgan, Olimpiya standartlariga töliq javob beruvçi arenani tuman hokimining “Davlat standartlariga töğri kelmagani sababli stadionni qayta moslaştiriş uçun işçi guruhi tuzilsin” mazmunidagi qaroriga asosan buzilayotgani tahlil qilingan.
Videolavhada, şuningdek, mutasaddilar tomonidan stadion bilan birgalikda milliy merosi bölgan çinorlar, otalar çoyxonasi ham buzilib, tuman dehqon bozorining rekonstruksiya qiliş natijasida joysiz qolgan savdogarlar uçun yer maydoni sifatida berilayotgani haqida söz yuritilgan edi.
Youtube'da köriş
Mover'da köriş (tas-ix)
Bolalar va ösmirlar sport maktabining futbol sport turi böyiça murabbiyi Xayrullo Mirzajonov bilan bölgan suhbat davomida murabbiy Oltiariqdagi futbol maydoni bugun havaskor va professional sportçilarning sevimli maskani, qator yulduzlarni kaşf etgan dargoh ekanligi, Bolalar va ösmirlar sport maktabi majmuasining bir qismi bölgan maydonga tuman mutasaddilari turli tadbirlardagina kelişi, boşqa vaqt esa bu maydon BÖSM tomonidan foydalanişga yaroqli holda uşlab turilişini haqida sözlagandi.

Maqola e'lon qilinganidan söng, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi KUN.UZ saytiga mazkur muammo vazirlik tomonidan örganib çiqilib, bartaraf qilingani haqida ma'lumot berdi.
















