Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bekoboddagi bog‘chalardan birida 56 bola va 2 nafar tarbiyachi zaharlandi
Foto: KUN.UZ
9 noyabrda Bekobod shahri tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar kasalxonasiga 8-sonli maktabgacha ta'lim muassasasining 8 nafar tarbiyalanuvchisi ovqatdan zaharlanish ehtimoliy tashxisi bilan yotqizildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Bekobod shahar prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv davomida, hozirgi kunga qadar 8-sonli maktabgacha ta'lim muassasasining jami 56 nafar tarbiyalanuvchilari va 2 nafar tarbiyachilari tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan bo‘lib, ularga tez tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Shahar tibbiyot birlashmasining 10 noyabr kungi ma'lumotnomasiga ko‘ra, murojaat qilganlarning sog‘ligi darajasi o‘rtacha og‘irlikni tashkil etib, «ovqat toksikoinfeksiyasi» tashxisi qo‘yilganligi ko‘rsatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan sudga oid kimyoviy va bakteriologiya ekspertizalari tayinlanib, O‘zbekiston Respubikasi Jinoyat kodeksining 257.1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bosh prokuratura tomonidan tergov harakatlari ustidan tegishli nazorat o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
15:32 / 12.03.2026
Bekoboddagi pichoqbozlik bo‘yicha yana 4 o‘smir hibsga olindi
21:04 / 24.02.2026
2025 yilda respublika bo‘yicha 44 ta holatda ovqatdan zaharlanish qayd etildi – Sanepidqo‘mita
14:10 / 24.02.2026
Bekobodda O‘zbekiston–Boshqirdiston texnoparki quriladi
10:01 / 24.02.2026