Osiyo Çempionlar Ligasida finalning javob öyini ötkazildi.

Yaponiyaning «Kaşima Antlers» klubi safarda Eronning «Persepolis» klubi bilan bellaşdi. «Ozodiy» stadionida keçgan öyinda hisob oçilmadi. Dastlabki bahsda yaponiyaliklar 2:0 hisobidagi işonçli ğalabani qölga kiritişgandi. Ikki uçraşuv natijasiga köra ustun kelgan «Kaşima Antlers»ga Osiyo futbolining eng nufuzli sovrini topşirildi.

Foto: The AFC

Endi «Kaşima Antlers» 12-22 dekabr kunlari ötkaziladigan klublar örtasidagi jahon çempionatida Osiyo şarafini himoya qiladi.

OÇL
Final, javob bahsi 
10 noyabr
Persepolis (Eron) - Kaşima Antlers (Yaponiya) 0:0
Dastlabki öyin: 0:2

Foto: The AFC

1967-1971 yillarda Osiyo klublarining asosiy xalqaro turniri Osiyo klublari çempionati bölgan. 1972-1985 yillarda bu turnir ötkazilmagan. 1986-2002 yillarda esa xalqaro öyinlar Osiyo çempionlari kubogi nomi ostida bölib ötgan. 2003 yili esa Osiyo çempionlari kubogi va Osiyo kubok egalari kubogi birlaşib, Osiyo çempionlar ligasining hozirgi formati yuzaga kelgan. Turnirda 2007 yildan Avstraliya klublari iştirok eta boşlagan.