Prokuratura xorazmlik jurnalist Davlatnazar Rözmetov işini tekşirmoqda.
Oktyabr oyi oxirida «Xorazm yoşlari» gazetasi muharriri örinbosari Davlatnazar Rözmetov Qöşköpir tumani ma'muriy sudi tomonidan 7 sutkalik ma'muriy qamoq jazosiga mahkum qilingandi. U qamoqdan çiqqaç, KUN.UZ muxbiri bilan intervyuda özining qölga olinişi tafsilotlari haqida hikoya qilgandi.
Özbekiston Respublikasi boş prokuraturasi uşbu iş böyiça KUN.UZ'ga quyidagiça ma'lumot bergan.
«Qöşköpir tumani ma'muriy sudining joriy yilning 29 oktabrdagi qaroriga köra, «Xorazm yoşlari» gazetasi muxbiri, 1971 yilda tuğilgan Davlatnazar Rözmetov Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan aybli deb topilib, 7 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Sud qarorida D.Rözmetov 2018 yilning 25 oktabr kuni, soat 21:30larda Qöşköpir tumani hokimligi binosida paxta yiğim terimi yuzasidan bölib ötayotgan majlisga spirtli içimlik iste'mol qilib, mast holda kirib kelib, özini «Xorazm yoşlari» gazetasi muharriri örinbosari sifatida taniştirib, şaxsiy telefoniga videoga olib, «Hammangni yoraman» deb, qöllari bilan har xil harakatlar qilib, majlisda haqoratli sözlarni işlatib, şovqin-suron qilib, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini buzib, mayda bezorilik harakatini sodir qilgani yozilgan.
Iş böyiça guvoh D.Sadullayev (tuman hokimining yoşlar masalasi böyiça mutaxassisi) 25.10.2018 yil soat 21:30larda Qöşköpir tuman hokimligi majlislar zali oldida turganida, D.Rözmetov mast holda kelganini, şu sababli uni içkariga kiritmasligini aytganligini, şunga qaramasdan, D.Rözmetov «Hammangni yoraman» deb zalga bostirib kirgani va şovqin solganini bildirib, körsatma bergan.
Guvoh S.Madrimov (tuman hokimligi hisobçisi) şu kuni, soat 21:30larda Qöşköpir tuman hokimligi majlislar zalida bölib turganida, D.Rözmetov mast holda kirib kelib, «Hammangni yoraman» deb şovqin kötarib, özining telefoniga videoga ola boşlaganligini, D.Rözmetovni oldindan tanimasligini bildirib, körsatma bergan.











