6 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT/ODKB) sammiti, MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy uçraşuvi va katta ehtimol bilan Yevroosiyo iqtisodi ittifoqi (YeOII/YevrAzES) taşkiloti sammit oçiladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga asoslangan holda RIA Novosti agentligi xabar bergan.

«KXŞT sammiti, katta ehtimol bilan YeOII sammiti ham, şuningdek, MDH rahbarlarining norasmiy uçraşuvi», – degan Peskov jurnalistlarning 6 dekabr kuni Sankt-Peterburgda qanday tadbirlar ötkazilişi haqidagi savoliga javoban.

Bundan avvalroq Rossiya Özbekistonga KXŞT parlament assambleyasida kuzatuvçi maqomini taklif etgani ma'lum qilingandi.

Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotiga 1992 yil 15 mayda Toşkentda asos solingan. Öşanda Armaniston, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya, Tojikiston va Özbekiston kollektiv xavfsizlik töğrisidagi şartnomani imzolagan. 1993 yil 9 sentabrda Gruziya, 24 sentabrda Ozarboyjon va 31 dekabrda Belorussiya  şartnomani imzolagan.

Şartnoma 1994 yil 20 apreldan kuçga kirgan. Şartnoma 5 yilga möljallangan bölib, uzaytirilişi közda tutilgandi. 1999 yil 2 aprelda Armaniston, Belorussiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya va Tojikiston prezidentlari şartnomani yana beş yil muddatga uzaytiriş töğrisidagi protokolni imzoladi, ammo Ozarboyjon, Gruziya va Özbekiston şartnomani uzaytirişni istamadi va taşkilotdan çiqib ketdi.

2006 yil 16 avgustda Özbekiston KXŞT tarkibiga qaytadan kirdi. 2012 yil 28 iyunda esa Toşkent KXŞTga a'zoligini töxtatib turişini bildirdi.

KXŞTning maqsadi şartnomaga a'zo davlatlarning hududiy-iqtisodiy makonini har qanday taşqi siyosiy tajovuzlardan hamda yirik miqyosdagi tabiiy ofatlardan birgalikda armiya va boşqa yordamçi bölinmalar yordamida himoya qiliş hisoblanadi.  KXŞT yagona harbiy-siyosiy ittifoq sifatida jangovar operatsiyalarda heç qaçon iştirok etmagan.

KXŞT pozitsiyalarini kuçaytiriş uçun Markaziy Osiyo mintaqasida tezkor harakatlanuvçi kollektiv kuçlar islohoti ötkazilmoqda. Bu kuçlar önta batalondan iborat: uçta batalon Rossiyaga, ikkitasi Qozoğistonga tegişli, qolgan davlatlar bittadan batalonga ega. Kollektiv kuçlar şaxsiy tarkibining soni 4 ming kişiga yaqin bölib, uning 10ta samolyot va 14ta vertolyoti Rossiyaning Qirğizistondagi aviabazasida joylaştirilgan.