Londonning «Çelsi» klubi Angliya Premer-Ligasining 12-tur uçraşuvlari doirasida «Everton» bilan öynadi. Londondagi «Stemford Brij» stadionida keçgan uçraşuvda hisob oçilmay qoldi - 0:0.

«Çelsi» APLdagi mağlubiyatsiz seriyasini davom ettirgan bölsada (12 uçraşuvda 8 ğalaba va 4 durang), turnir jadvalida uçinçi öringa tuşib qoldi. Londonliklar ketma-ket ikki uçraşuvdagi ğalabadan keyin yana oçko yöqotişga majbur bölişdi.

«Çelsi» ayni vaqtda 28 oçkoga ega, jamoa turnir jadvalida «Siti» (29) va «Liverpul» (30) jamoalaridan ortda qolmoqda, «Everton» 19 oçko bilan — 9-örinda joylaşgan.

Keyingi turda Mauritsio Sarri jamoasi «Tottenhem Hotspur» mehmoni böladi, «irislar» «Kardiff Siti»ni qabul qiladi. Ikki öyin ham 24 noyabr kuniga belgilangan.

Angliya çempionati
12-tur
Çelsi – Everton 0:0 (0:0, 0:0)
Çelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Kovaçiç (Barkli, 82), Jorjino (Fabregas, 64), Villian (Pedro, 68), Kante, Azar, Morata.
Everton – Pikford, Kin, Din, Koulmen, Mina, Bernard (Lukman, 64), Andre Gomeş, Uolkott, Sigurdsson (Djagelka, 76), Rişarlison (Kelvert-Lyuin, 89), Guyye.
Ogohlantirişlar: Mina (22), Jorjino (28), Kante (33), Bernard (45), Ryudiger (45), Pikford (73), Morata (87).