Resonance xalqaro konsalting kompaniyasi hayot keçiriş uçun eng munosib şaroitga ega şaharlar reytingini tuzib çiqdi. Özbekiston poytaxti Toşkent röyxatdan joy olmagan.
Ekspertlar jahonning 100ta şahrini 23 körsatkiç böyiça tahlil qilişdi, jumladan: uy-joy bilan ta'minlaş, işga joylaşiş imkoniyati, atrof-muhit holati, iqtisodiyot va madaniyat darajasi. Barça mezonlarga köra, London 2019 yil uçun yaşaşga eng yaxşi şahar deb tan olindi.
Britaniya poytaxti jozibadorligi sayyohlar sonining yillik ösişi bilan tasdiqlanadi: 2017 yilda şaharga 19,8 milliondan ziyod sayyoh taşrif buyurdi, bu 2016 yilga nisbatan bir millionga köp.
Parij ikkinçi böldi. Nyu-York va Tokio uçinçi hamda törtinçi örinlarni egalladi. Kataloniya poytaxti - Barselona kuçli beşlikka yakun yasab berdi. Moskva oltinçi örinda.
Şuningdek, hayot uçun eng yaxşi şaroitga ega bölgan top-10 şaharlar orasida quyidagilar bor: Çikago, Singapur, Dubay va San-Frantsisko.












