Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeXHT bosh kotibi Lukashenkoning Donbass bo‘yicha g‘oyalarini maqtadi
YeXHT bosh kotibi Tomas Gremingerning ma'lum qilishicha, Donbass bo‘yicha Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning takliflarini «e'tiborga olish zarur». Bu haqda u «Belarus 1» telekanali efirida aytib o‘tdi, deya xabar qilmoqda RIA «Novosti».
Avvalroq, Lukashenko Belarus tomoni Rossiya-Ukraina chegarasidagi vaziyatni nazorat qilishga hamda Donbassdagi saylovlar vaqtida tartibni ta'minlab berishga tayyorligini ma'lum qilgandi.
Greminger Lukashenkoning takliflarini alohida ta'kidlab, uning «yangi g‘oyalari»ni maqtadi.
«Masalan, Minsk jarayoni shaklini kengaytirish, bu juda ma'qullanmoqda. Bu g‘oyalarni hozirdan e'tiborga olib qo‘yish kerak», - dedi YeXHT rahbari.
Shuningdek, uning ishonch bildirishicha, Belarus prezidentining takliflari Donbassdagi vaziyatga yechim topish uchun «yangi turtki berishi» mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yuliya Timoshenko Donbass bo‘yicha muzokaralar shaklini o‘zgartirmoqchi ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:05 / 13.07.2026
Lukashenko migrantlarni Belarusga jalb qilish shartlarini tushuntirdi
15:45 / 10.07.2026
Putin urushni davom ettirmoqchi
10:05 / 10.07.2026
Lukashenko: O‘zbek oilalarini Belarusda ko‘rishni istaymiz
18:21 / 09.07.2026