Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazorat qiluvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi o‘zgartirishlarsiz tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 7.11.2018 yildagi 920-son qarori bilan Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
Eslatib o‘tamiz, 27.07.2018 yildagi PF–5490-son Farmonda nazorat qiluvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini tasdiqlash nazarda tutilgan edi. Ilgari QHTBT portalida mazkur nizom loyihasi muhokama qilingan edi. SSP o‘z ekspertizasi yakunlariga ko‘ra unga doir fikr-mulohazalari va takliflarini kiritgan edi.
Biroq hujjatning tasdiqlangan tahriri loyihadan deyarli hech nimasi bilan farqlanmaydi. Buning ustiga, qabul qilingan hujjat bilan amaldagi tartib tubdan o‘zgartirilmagan, biroq uning ayrim jihatlariga aniqlik kiritilgan va «texnik» tusdagi ba'zi tuzatishlar nazarda tutilgan.
Shuni ham qayd etib o‘tish lozimki, nazorat qiluvchi organ xodimini tadbirkorlik sub'yektini tekshirishga qo‘yish uchun attestatsiyani o‘tkazish yakunlariga ko‘ra beriladigan maxsus guvohnoma bo‘lishi shart («Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 6-moddasi 2-qismi).
Hujjat 8.11.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
10:40 / 18.03.2026
Navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagoglar ishdan bo‘shatilmaydi
19:25 / 02.03.2026
Vazirlik attestatsiya testida xatolik bo‘lganini tan oldi
11:08 / 24.01.2026
Axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
19:21 / 20.11.2025