Astraxanda erkak kişi Özbekistondagi oilasi yoniga heç qanday muammolarsiz boriş imkoniyatiga ega böliş maqsadida 300 ming rubldan (4,4 ming AQŞ dollari) köproq pul tölaşga majbur böldi. Bu haqda AN xabar qilmoqda.
Çernoyarskiy tumanida istiqomat qiluvçi şaxs kredit taşkilotiga katta miqdorda pul qarz bölib qolgan.
«Erkak qarzini öz ixtiyori bilan tölamagan, şuning uçun sud ijroçisi majburiy tartibda uning pensiyasidan pulning bir qismini uşlab qoldi. Şuningdek, uşbu şaxsga Rossiyadan taşqariga çiqiş huquqi çeklab qöyildi. Qarzdor oilasini körib kelmoqçi bölganida, uni çegaradagi ötkaziş punktida uşlaşdi. Safar amalga oşmay qoldi», - deyiladi naşr xabarida.
Ta'kidlanişiça, qarzdor kredit qarzini töla hajmda, şu jumladan, ijro yiğimi sanalgan 22 ming rubl (325 AQŞ dollari)ni tölab bergan hamda şundan söng Özbekistonga jönab ketgan.












