Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Andijon viloyatining Andijon şahrini kompleks rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjatda qayd etilişiça, respublika işçi guruhi tomonidan mahallalarni uyma-uy aylanib çiqiş, ijtimoiy soha obektlariga taşrif buyuriş orqali Andijon viloyati Andijon şahrida amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar kompleks örganib çiqilgan;
Andijon viloyati Andijon şahrida amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni örganiş yakunlari böyiça mahalla, şahar va viloyat darajalarida hal etilişi talab qilinadigan tizimli muammolar va kamçiliklarni bartaraf etişga yönaltirilgan “yöl xaritalari” işlab çiqilgan va tasdiqlangan.
Hujjat bilan quyidagilar:
2018-2019 yillarda Andijon şahrida kafolatli iş örinlari taşkil etiş hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qişloq xöjaligini rivojlantiriş loyihalarining manzilli röyxati;
2019 yilda Andijon şahrida turizmni yanada rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlar rejasi tasdiqlanişi mumkin.
Andijon viloyati hokimligi:
manfaatdor davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, tijorat banklari va loyiha taşabbuskorlari bilan birgalikda tasdiqlangan manzilli röyxat parametrlari sözsiz bajarilişini ta'minlasin va bunda investitsiya loyihalarining öz vaqtida va sifatli amalga oşirilişini, işlab çiqarişning möljallangan hajmlari özlaştirilişini va yangi iş örinlari taşkil etilişini nazarda tutadi;
muammoli masalalarni körib çiqib, ularni hal etiş yuzasidan tezkor va zarur amaliy çora-tadbirlarni amalga oşirgan holda, loyihalar bajarilişi yuzasidan tizimli monitoring olib boradi.
Andijon viloyati hokimligiga Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi va xizmat körsatuvçi tijorat banklari bilan kelişgan holda loyihaning qiymatini va iş örinlari sonini saqlab qoliş şarti bilan loyihalarning tasdiqlangan manzilli röyxatiga, zaruratga köra, özgartirişlar kiritiş huquqi beriladi.
Andijon viloyat hokimligi, Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Özbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyuşmasining Andijon şahar “Jome” me'moriy majmuasining böş binosida “Hunarmand” uyuşmasining Andijon viloyati boşqarmasi huzuridagi Milliy qöğirçoqlar galereyasini taşkil qiliş töğrisidagi takliflariga rozilik berilişi mumkin.












