Ğarbiy Avstraliya universiteti olimlarining aniqlaşiça, kuniga bir çaşka çoy içiş yoki bir hovuç meva iste'mol qiliş yurak qon-tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Bu haqda Live Science naşri xabar bermoqda.
Mutaxassislar XX asrning 90-yillarida boşlangan Danish Diet, Cancer and Health Study uzoq muddatli tadqiqotda iştirok etgan 53 ming kişi haqidagi ma'lumotni tahlil qilişdi. Köngillilar oziq-ovqat anketasini töldirişdi, unda ular qanday mahsulotlarni iste'mol qilişgani va buni qançalik tez-tez amalga oşirişganini körsatişdi. Sinovda qatnaşganlarning salomatligi 23 yil davomida kuzatilgan. Uşbu muddat tugaganidan söng, 12 ming iştirokçida yurak işida kamçiliklar aniqlandi.
Ma'lum bölişiça, kuniga taxminan 500 milligramm flavonoidlar iste'mol qilgan köngillilarda yurak işemik kasalligi, insult va arteriyalar periferiyasi xastaligining rivojlaniş xavfi ança past bölgan. Şu bilan birga, yalliğlanişga qarşi xususiyatlarga ega bölgan flavonoidlarning kerakli miqdori bir çaşka çoy, çernika hamda boşqa mahsulotlarda mavjud. Biroq çekiş va spirtli içimliklar iste'mol qiliş foydali ta'sirga erişiş uçun zarur bölgan flavonoidlar miqdorini oşirib yuboradi.












