Marokaş qiroli Muhammad VI Birinçi jahon uruşi yakunlanganining 100 yilligi munosabati bilan Parijda ötgan tadbirda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron nutqi vaqtida mudrab qoldi. 

Uşbu holat videosida qirol AQŞ prezidentining rafiqasi Melaniya Tramp bilan bir qatorda yonma-yon ötirganini, biroq AQŞ birinçi xonimi yonida mudrab qolgan qirolga e'tibor bermayotganini köriş mumkin. Biroq AQŞ prezidenti Donald Tramp buni şunday qoldirmagan, u qirolga norozi qiyofada boqayotganini köriş mumkin. 

Uşbu vaziyat yuzasidan internetda köplab hazil-mutoyibalar ham qilişga ulgurildi. 

Yelisey saroyi esa Marokaş qirolining bu “erkaligiga” heç qanday munosabat bildirmagan. 

Parijda ötgan tadbirda 50 dan köproq davlat yetakçilari töplanişgan.