Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Boş prokuraturaning “Tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida ötkaziladigan tekşiruvlarni elektron röyxatga oliş yagona tizimini yuritiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi hujjati loyihasi joylaştirildi.

Nizomga köra, nazorat qiluvçi organlarning markaziy mahkamalari va hududiy bölinmalari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida ötkaziladigan barça tekşiruvlar Yagona tizimda majburiy tarzda röyxatdan ötkaziladi.

Yagona tizim töliq işga tuşirilgunga qadar tekşiruv ötkazişni kelişiş bilan boğliq bölgan yozişmalar örnatilgan tartibda qoğoz şaklida rasmiylaştiriladi.

Nazorat qiluvçi organlar va vakolatli organ örtasidagi davlat siri bilan boğliq bölgan tekşiruvlarni ötkazişga oid axborot almaşinuvi davlat sirlarini saqlaş töğrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oşiriladi hamda bunday tekşiruvlar haqidagi ma'lumotlar Yagona tizimga kiritilmaydi.

Nazorat qiluvçi organning mas'ul xodimi Yagona tizimda ttt.prokuratura.uz sayti orqali röyxatdan ötadi.

Nazorat qiluvçi organlarga Yagona tizimga kiriş uçun login va parol Boş prokuratura tomonidan axborot xavfsizligi talablariga muvofiq beriladi va alohida muhrlangan konvertda yuboriladi.

Login va parollar reyestri Boş prokuraturaning soliq va bojxona islohotlarini amalga oşiriş sohasida qonunçilik ijrosi ustidan nazorat boşqarmasi tomonidan yuritiladi.

Nazorat qiluvçi organning mas'ul xodimi Yagona tizimda röyxatdan ötganidan söng Boş prokuratura boşqarmasi uning ma'lumotlarini tizim içida tasdiqlaydi.

Yagona tizimda röyxatdan ötkazişni tasdiqlaş bir iş kuni davomida amalga oşiriladi. Nazorat qiluvçi organning mas'ul xodimi Yagona tizimda bir marotaba röyxatdan ötkaziladi.

Tekşiruv ötkazişni kelişiş uçun nazorat qiluvçi organ tomonidan Yagona tizimga tegişli ma'lumotlar kiritiladi.

Tekşiruvlarni ötkazişga oid buyurtmalar vakolatli organ tomonidan körib çiqiladi.

Vakolatli organning mas'ul xodimi tekşiruvlarni ötkazişga oid buyurtma va unga ilova qilingan hujjatlarning belgilangan tartibda körib çiqilişini taşkil etadi.

Buyurtma uç iş kuni içida, favqulodda holatlar böyiça bir iş kunida körib çiqiladi.