Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlar umumbelgilangan soliqlarga o‘tilishi haqida xabardor etiladi
Hisobot yil yakunlariga ko‘ra, 1 mlrd so‘m mahsulot aylanmasiga ega bo‘lgan yoki ega bo‘lishi kutilayotgan barcha xo‘jalik sub'yektlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab umumbelgilangan soliqlar to‘loviga o‘tadi.
Davlat soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligidagi ushbu o‘zgarishlar tufayli tadbirkorlarga yangi soliqqa tortish tizimi haqidagi xabarnomalar jo‘natiladi.
Xabarnomada har bir faoliyat yuritayotgan sub'yektning soliqqa tortilishining yangi tizimi ko‘rsatib beriladi:
• Soliqlar bo‘yicha hisobot;
• Soliqlarni hisoblash;
• Soliqlarni to‘lash muddatlari;
• Elektron hisobotni ishlatish va hisobvaraq-fakturalar almashinuvi;
• Buxgalterlar mavjud bo‘lishi ehtiyojini aniqlash.
Xabarnomalar soliq xizmatining shaxsiy kabinetlari, pochta orqali yoki shaxsan yetkazib berish uchun yuboriladi.
Xabarnomani olgach, 2018 yilning 12 noyabridan 12 dekabrigacha qo‘shimcha soliq to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish zarur.
Qayd etilishicha, ro‘yxatdan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi saytidagi shaxsiy kabinet orqali yoki soliq organlari tomonidan ro‘yxatga olingan joyda o‘tish mumkin.
Mavzuga oid
22:01 / 25.02.2026
Yigit-qizlar qarshisidagi muammolar yoxud yoshlar siyosati nega muhim?
09:32 / 25.02.2026
Tadbirkorlar va ilm-fan hamkorligi uchun maxsus elektron platforma yaratiladi
18:34 / 14.02.2026
Tadbirkor shakar importi uchun bojni olib tashlashni so‘radi
10:11 / 13.02.2026